O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va “ElMetro-Injiniring” o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

2026 yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda “ElMetro-Injiniring” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning sanoat sohalarida erishgan yutuqlarini namoyish etish, yangi sanoat kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli investitsiyaviy kelishuvlarga erishish masalalariga alohida […]
Toshkent davlat texnika universitetida metrologiya sohasiga ixtisoslashgan zamonaviy laboratoriya ochildi

Toshkent davlat texnika universitetida (TDTU) O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “ElMetro” kompaniyasi hamda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamkorligida zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriya ochildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori L.Saidoripov, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi maslahatchisi N.Mamadaliyeva, Universitet rektori, akademik Sadriddin Turabdjanov, professor-akademik Nodirbek Yusupbekov, “ElMetro” kompaniyasi rahbariyati va tarmoq korxonalar vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda […]
Xitoyning China Datang Group kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida Xitoy Xalq Respublikasining yirik energetika kompaniyalaridan biri hisoblangan China Datang Group vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasida metrologik ta’minotni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari […]
Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida energiya tejash orqali institut mablagʻlari optimallashtirilmoqda

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, sohaga tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib, yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda. Xususan, muassasada issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida maʼnan eskirgan va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonlar oʻrniga zamonaviy, yuqori samaradorlikka […]
Oson bo‘lmagan yo‘l, katta natija: muhim ilmiy loyiha hayotga tatbiq etildi!

Oson bo‘lmagan yo‘l, katta natija: muhim ilmiy loyiha hayotga tatbiq etildi! “Birlamchi nisbiy namlik birligi etalonini yaratish” loyihasi ortida katta mehnat, izlanish va murakkab bosqichlar turibdi. Ushbu grantni qo‘lga kiritish ham, loyiha doirasida zamonaviy etalonni yaratish ham oson kechgani yo‘q. Innovatsion rivojlanish agentligi hamda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha […]
Metrologiya sohasida xalqaro tizimga o‘tiladi: qiyoslash o‘rniga verifikatsiyalash joriy etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoniga muvofiq, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha yangi tartib belgilandi. Xususan, 2027-yil 1-yanvardan boshlab: 🔹 o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechiladi; 🔹 qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida xalqaro standartlarga mos keluvchi verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi. Mazkur o‘zgarish metrologik tekshiruv jarayonlarini xalqaro OIML normalariga moslashtirish va o‘lchash natijalarining jahon miqyosida tan […]
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari tashkil etilmoqda.

Mazkur hashar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilib, aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, mahalla va aholi yashash maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda xalqimizning azaliy hashar an’analarini davom ettirishga xizmat qilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus doirasida respublika bo‘ylab barcha tashkilot va muassasalar, mahallalar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy […]
“Aniqlik – taraqqiyot asosi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda Payshanba-Yoshlar kuni deb e’lon qilindi. Tadbirlar doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali tomonidan talabalar uchun “Aniqlik – taraqqiyot asosi” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Samarqand davlat universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori H.Xushvaqtov hamda Muhandislik fizikasi instituti direktori A.Absanov boshchiligida universitetning bitiruvchi kurs hamda magistratura […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tebranish laboratoriyasi xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tebranish yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo-tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) mintaqaviy metrologiya tashkiloti doirasidagi APMP.AUV.V-K5 asosiy solishtirishda ishtirok etmoqda. Hozirda O‘zbekiston мilliy metrologiya institutida asosiy solishtirish artefaktlari yordamida o‘lchashlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston milliy metrologiya instituti akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi xodimlarining APMP “akustika, ultratovush, tebranish” texnik qo‘mitasi doirasida hamkorlik natijasi ushbu […]
FORUM-MD-TG-H-DCC/DRMC navbatdagi yig‘ilishi gibrid shaklda bo‘lib o‘tdi

Joriy haftada “Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi” da “Metrologiya va raqamlashtirish forumi” (FORUM-MD) ning ishchi va topshiriq guruhlari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilning 10-mart kuni forumning raqamli kalibrlash sertifikatlari va raqamli standard namunalar sertifikatlarini uyg‘unlashtirish topshiriq guruhi (TG-H-DCC/DRMC) navbatdagi yig‘ilishi gibrid shaklda bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda topshiriq guruhidagi faoliyat muhokama qilinib, keyingi rejalar belgilandi. Shuningdek, […]