Tadbirning asosiy maqsadi metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati tizimlarining ahamiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish hamda ularning ushbu sohaga qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax filiali mutaxassisi S.Ikromova va O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Jizzax filiali mutaxassisi J.Aliqulov so‘zga chiqib, standartlarning sifatni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, 16-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi N.Sharipova va o‘quvchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.