🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov hamda Von Do Yong o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Elchi Von Do Yong O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16-fevraldagi PF-25-son Farmoni bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.
Tomonlar Korea Agency for Technology and Standards (KATS), Korea Conformity Laboratories (KCL), Korea Testing Laboratory (KTL), Korea Testing & Certification (KTC) hamda KOTITI Testing & Research Institute (KOTITI) bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tomonlarning ulkan salohiyatidan to‘liq foydalanish, istiqbolli loyihalarni kengaytirish va yanada chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.
Shuningdek, Korea International Cooperation Agency (KOICA) bilan hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari ham alohida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar sheriklik munosabatlarini kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar hamda muhokama qilingan vazifalarni jadallik bilan amalga oshirish doirasida amaliy hamkorlik formatini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
