Metrologiya sohasida ilmiy salohiyat mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, xususan, o‘lchashlar yagonaligini taʼminlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tasarrufidagi Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida 2026-yil II choragi uchun qabul jarayonlari tashkil etildi. Xususan, 05.03.02 — “Metrologiya va […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

Musaffo ob-havodan unumli foydalangan holda institut jamoasi birlashib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sog‘lom atrof-muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir davomida mevali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlar yanada kengaytirildi. Mazkur tashabbus nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun ham sog‘lom va obod muhit yaratishga xizmat qiladi. Chunki tabiatga bo‘lgan e’tibor — yurt ravnaqi va […]
O’zbekiston milliy metrologiya instituti “O‘zbekiston Metrologiyasi” ilmiy-texnik jurnaliga maqolalar qabul qiladi

Hurmatli mutaxassislar, olimlar va ekspertlar! “O‘zbekiston Metrologiyasi” ilmiy-texnik jurnalining 2026-yil 1-soni uchun ilmiy maqolalar qabuli davom etmoqda. Materiallarni topshirish muddati — 17-martgacha. Nashrning asosiy yo‘nalishlari: 🔸 milliy va xalqaro metrologiya tizimini rivojlantirish; 🔹 yangi etalonlar va innovatsion o‘lchash texnologiyalarini joriy etish; 🔸 laboratoriyalarda metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlash; 🔹o‘lchash noaniqligini tahlil qilish va kalibrlash 🔸 o‘lchash jarayonlarini […]
26–27-fevral kunlari Sankt-Peterburg shahrida Rosstandart (Federal agentligi) hamda “Rosstandart Texnospesnaz” Yosh olimlar kengashi tomonidan I Xalqaro simpozium — “Geometrik kattaliklarni o‘lchash sohasidagi dolzarb masalalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda Institutning Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi xodimlari faol ishtirok etmoqda. Simpozium doirasida geometrik o‘lchashlar sohasida o‘lchashlar bir xilligini ta’minlash, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan ilg‘or metodlar, innovatsion o‘lchash texnologiyalari hamda amaliy tajribalar yuzasidan ma’ruzalar taqdim etilmoqda. […]
Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro talablar asosida kalibrlashdan o‘tkazildi

Burovchi moment ikkilamchi etaloni xalqaro standartlar va talablar asosida kalibrlash ishlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu jarayonda Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) ekspertlari jalb qilinib, ular bilan yaqin hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi. Kalibrlash natijalari ijobiy deb topildi va o‘lchashlar birligi qayta tiklandi. Shuningdek, metrologik kuzatuvchanlik Turkiya Milliy Metrologiya Instituti (TÜBİTAK UME) burovchi moment etaloniga muvofiq […]
6-Xalqaro raqamli kalibrlash sertifikati (DCC) konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 24-26-fevral kunlar Germaniya fizika-texnika instituti (PTB) tomonidan tashkil etilgan 6-Xalqaro DCC (Raqamli kalibrlash sertifikati) konferensiyasi onlayn shaklda bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi konferensiya “Yaxshi amaliyotdan standartlashtirishgacha: DCC ishonchli kelajak uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda (From Good Practice to Standardization: DCC for a Reliable Future). Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun dunyo bo‘ylab 81 davlatdan 500 […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari KCDB 2.0 xalqaro texnik seminarida ishtirok etdi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) tomonidan tashkil etilgan “KCDB 2.0 – Online technical exchanges – COMPARISONS” onlayn texnik seminarida faol ishtirok etdi.Texnik seminar CIPM MRA Kelishuvi doirasidagi solishtirishlarda ishtirok etuvchi pilotlar va qatnashchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy maqsad KCDB 2.0 platformasida asosiy va qo‘shimcha solishtirish loyihalarini yuritish bo‘yicha amaliy […]
2026-yil 25-fevral kuni videokonferens aloqa orqali “O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash to‘g‘risida”gi model qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhning navbatdagi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasining milliy metrologiya organlari vakillari, shuningdek Standartlar byurosi mas’ullari ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari qatnashdilar. Yig‘ilish davomida ishtirokchi mamlakatlarning milliy organlari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar, jumladan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan […]
Havodagi radon birligi bo‘yicha milliy etalonni yaratish va radon o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Germaniyaning Frankfurt shahridagi Bertin technologies (Bertin GmbH) korxonasida malaka oshirdilar.

Mazkur tashrif davomida radonni aniq o‘lchash va radon o‘lchash vositalarini kalibrlashni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi. Natijada respublikada radon monitoringi va kalibrlash tizimlarini takomillashtirish, o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlash hamda xalqaro solishtirishlarda ishtirok etish uchun mustahkam metrologik asos yaratiladi.
O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida trenerlar uchun trening mashg‘ulotlariga start berildi.

Hozirgi vaqtda trenerlar uchun interaktiv formatda o‘quv mashg‘ulotlari va konferensiyalarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazilmoqda. Trening doirasida menejment tizimlarini integratsiya qilishning bazaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan: ISO/IEC 17025:2017 – sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar ISO/IEC 17034:2015 – “Standart namunalarni ishlab chiqaruvchilarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” ISO/IEC 17043:2023 – Muvofiqlikni baholash. Malakani […]