O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mezbonligida Germaniya Federal Fizika-Texnika Instituti (PTB) vakillari, respublika metrologiya xizmatlari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishdagi metrologiyaning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologik laboratoriyalarni akkreditatsiyalash va avtorizatsiyalash masalalari, shuningdek xalqaro kalibrlash va verifikatsiya tizimi yuzasidan ma’ruza va savol-javoblar o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbati O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining Fizika-Texnik Instituti (PTB) o‘rtasidagi “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi. Davra suhbati milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro standartlarga moslash va sohada samarali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim tadbir sifatida o‘tkazildi.