Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish va tijoratlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15 avgustdagi 26/1-709-sonli topshirig‘iga muvofiq, tajriba va ilmiy tadqiqotlar asosida yaratilgan ishlanmalarni sanoatga keng joriy etish, ularni tijoratlashtirish, shuningdek etalonlar hamda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish va mahalliylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar haqida agentlikning 2026-yil 30 yanvardagi 01-17-410-sonli murojaat xati orqali 28 ta vazirlik va idoralarga ma’lumot yuborildi. Bu esa ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va sohaviy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Qo‘shimcha ravishda, joriy yilning 3 mart kuni O‘zbekiston milliy Elektr tarmoqlari AJ mas’ul mutaxassislarining institutga tashrifi tashkil etildi. Tashrif doirasida elektr energetikasi yo‘nalishida yaratilgan zamonaviy o‘lchash vositalarining taqdimoti o‘tkazildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro filiallari hamda institutning Toshkent shahar markaziy bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi 4 ta innovatsion qurilma namoyish etildi:

🔹 Kuchlanish voltmetrlarini qiyoslash qurilmasi
🔹 Izolyasiya mustahkamligini sinash qurilmasi
🔹 Nosimmetrik uch fazali tok o‘zgartkich
🔹 NJ977 turidagi aqlli energetika qurilmasi

Mazkur o‘lchash vositalari O‘zbekiston milliy metrologiya instituti bazasida namoyish qilinib, ularning texnik imkoniyatlari va aniqlik ko‘rsatkichlari taqdim etildi.

Ushbu ishlar mamlakatimizda metrologiya tizimini yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosish hamda ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga samarali joriy etishga xizmat qiladi.