Korzinka savdo marketlaridagi 2500 dan ortiq elektron tarozilar metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda o‘lchashlar birliligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti va “ANGLESEY FOOD” MChJ o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, institut mutaxassislari tomonidan respublikadagi Korzinka savdo marketlarida foydalanilayotgan 2500 dan ortiq elektron tarozilar OIML R76-1:2011 xalqaro hujjati talablariga muvofiq metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Mazkur jarayon davomida o‘lchash vositalarining aniqligi […]
СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi

Dushanbe shahrida СOOMET Qo‘mitasining 38-chi yig‘ilishi yalpi majlisi bo‘lib, unda aʼzo davlatlarning vakillari tomonidan metrologiya sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, metrologik infratuzilmani mustahkamlash hamda milliy metrologiya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga doir muhim masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston delegatsiyasi yig‘ilish ishida faol ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar natijalari, jumladan СOOMET Prezidenti va Kotibiyatining […]
O‘zbekiston vakili СOOMET Prezidenti etib qayta saylandi

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan COOMET qo‘mitasining 38-yig‘ilishi doirasida ovoz berish natijalari asosida Lazizbek Saidoripov ketma-ket ikkinchi muddatga COOMET Prezidenti etib saylandi. Ushbu muhim voqea O‘zbekistonning xalqaro metrologiya faoliyatidagi nufuzi tobora ortib borayotganini va mamlakatimizning COOMET doirasida hamkorlikni rivojlantirishdagi faol roli eʼtirof etilganini yana bir bor tasdiqladi. Shuningdek, O‘zbekiston vakillari birinchi marta COOMET tarkibiy organlari raislari […]
Dushanbe shahrida «СOOMET mavzulari: yangi yondashuv» mavzusida СOOMET davra suhbati bo‘lib o‘tdi

11 iyun kuni Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET tadbirlari doirasida «СOOMET mavzulari: yangi yondashuv» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tib, u milliy kotibiyatlar vakillari, Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mita, Sifat forumi, texnik qo‘mitalar, maqsadli guruhlar rahbarlari hamda taklif etilgan ekspertlarni birlashtirdi. Ishtirokchilarning asosiy eʼtibori СOOMET loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga, shuningdek, ularni CIPM MRA […]
COOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining 30-yig‘ilishi

10–11 iyun kunlari Dushanbe shahrida (Tojikiston Respublikasi) СOOMET Etalonlar bo‘yicha birlashgan qo‘mitasining (EBQ) aʼzo davlatlar milliy metrologiya institutlarining texnik qo‘mitalari rahbarlari va yetakchi mutaxassislari ishtirokida 30-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish kun tartibidan CIPM MRA kelishuvini amalga oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, CMC-satrlarni ko‘rib chiqish, asosiy solishtirishlarni o‘tkazish hamda СOOMET texnik qo‘mitalari faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin oldi. O‘zbekiston […]
O‘zbekiston va Xitoy metrologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

10-iyun kuni O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida Xitoy Elektr energiyasi tadqiqot instituti, Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri Tunkia Co., Ltd vakillari hamda Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasi xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda milliy texnik standartlar, muvofiqlikni baholash va sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning […]
10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

10-iyun kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti Dushanbe shahrida Tojikistonda metrologiyaning 100-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Rossiya, Turkiya, Xitoy hamda O‘zbekiston metrologiya muassasalari, Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM), Yevroosiyo mintaqasi davlat metrologiya muassasalari hamkorligi (СOOMET) va Ko‘rfaz metrologiya assotsiatsiyasi (GULFMET) vakillari ishtirok etdilar. Konferensiya davomida metrologiya sohasining […]
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti NMR texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti mutaxassislari 2026-yilning may–iyun oylarida Xitoyning SpinQ Technology (Shenzhen) va Q.One Instruments Ltd. (Uhan), shuningdek Germaniyaning Magritek kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida yadroviy magnit rezonans (NMR) spektrometrlarining texnik imkoniyatlari, qo‘llanilish sohalari hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. NMR texnologiyasi bugungi kunda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida bojxona laboratoriyalari, sud-ekspertiza muassasalari […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Rossiyada malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan Lab 421 tibbiyot sohasidagi o‘lchashlar bilan shug‘ullanuvchi laboratoriyada malaka oshirmoqdalar. Malaka oshirish dasturi tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladigan spirometr, spirograf va spiroanalizatorlarning metrologiya tekshiruvini joriy etishga qaratilgan. Dastur doirasida o‘lchashlar ISO 26782 va ISO 23747 xalqaro standartlari talablari asosida amalga oshirilishi, ushbu standartlarga muvofiq qiyoslash usulubiyotlarini ishlab […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti ilk bor EURAMET Bosh assambleyasida (Yevropa milliy metrologiya institutlari assotsiatsiyasi) ishtirok etmoqda.

Xabaringiz bor, 2025-yil iyun oyida Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilgan EURAMET (European Association of National Metrology Institutes) 19-Bosh Assambleyasida barcha a’zolar tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xalqaro hamkorlikdagi faolligi va mintaqaviy yetakchi o‘rni alohida e’tirof etilib, institutning EURAMET faoliyatida Liaison Organisation (hamkor tashkilot) – assotsiatsiyalashgan a’zo sifatida ishtiroki to‘liq ma’qullangan edi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Yevropa […]