IEC rahbari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laboratoriyalari bilan tanishdi

Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi va Bosh ijrochi direktori Filipp Metsgerning O‘zbekistonga ilk tashrifi doirasida u O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Institutning zamonaviy metrologiya laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar, yuqori aniqlikdagi etalonlar va ilg‘or o‘lchash vositalari bilan tanishdi. Filipp Metsgerga mamlakatimizda o‘lchovlarning birliligi va aniqligini ta’minlash, milliy etalonlar bazasini rivojlantirish, o‘lchash […]
O‘zbekiston milliy metrologiya institutining standart namunalarni ishlab chiqaruvchi laboratoriyasi akkreditatsiyadan o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining standart namunalarni ishlab chiqaruvchi laboratoriyasi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi tomonidan O‘z DSt ISO 17034:2021 xalqaro standarti talablariga muvofiq o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash tadbirlari natijalariga ko‘ra, pH hamda elektr o‘tkazuvchanlik standart namunalarini ishlab chiqaruvchi sifatida Milliy akkreditatsiya reyestriga kiritildi. Laboratoriyaga O‘ZAK.SN.0003 raqamli akkreditatsiya guvohnomasi berildi. Ma’lumot uchun: bugungi kunda ISO 17034 standartiga muvofiq sertifikatlangan […]
Korxonalar, tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlari (tariflari) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zgartirilishini ma’lum qilamiz. Xizmatlar narxlarini qayta ko‘rib chiqishda oldingi davrlardagi xarajatlarning hisobot ko‘rsatkichlari, muayyan ish va xizmatlarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar, shuningdek, materiallar, energiya resurslari hamda kommunal xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar hisobga olindi. Shuningdek, zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va maxsus axborot dasturlarini joriy etish, amortizatsiya […]
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xalqaro solishtirishda ishtirok etmoqda

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi tebranish yo‘nalishi bo‘yicha EURAMET.AUV.V-K5.1 xalqaro asosiy solishtirishida ishtirok etmoqda. Ayni paytda Institutda solishtirish artefaktlari yordamida zarur o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur xalqaro solishtirishda O‘zbekistonning ishtiroki Institut mutaxassislarining EURAMET “Akustika, ultratovush va tebranish” texnik qo‘mitasi doirasidagi xalqaro hamkorligi natijasida ta’minlanmoqda. Xalqaro solishtirishlarda faol ishtirok etish […]
СOOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2026 yil 11–12 avgust kunlari Yekaterinburg shahridagi D.I.Mendeleyev nomidagi “Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” FDUKning (ФГУП “ВНИИМ”) filiali “Ural ilmiy-tadqiqot metrologiya instituti”da (Уралького научно-исследовательский институт метрологии) — UNIIM bazasida COOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi mutaxassislari Rustam Karimov va Umida […]
Tadbirkorlar muammosi — e’tibor va amaliy yechim markazida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 20 avgust — Tadbirkorlar kuni sifatida belgilanganligi munosabati bilan yurtimizda tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va faoliyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan filiallari rahbarlari tomonidan hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari, xususan, eksport qiluvchi korxonalar […]
O‘zbekiston va IEC: hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligida Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) Bosh kotibi va Bosh ijrochi direktori Filipp Metsger ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida O‘zbekistonning 2027-yil 1-yanvardan IECda to‘laqonli a’zo sifatida faoliyat boshlashi munosabati bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida IEC xalqaro standartlarini milliy amaliyotga […]
Mustaqillikning 35 yilligiga munosib yutuq: Qo‘qon filiali imkoniyatlari yanada kengaydi

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat muassasasi Qo‘qon filiali jamoasi navbatdagi muhim yutuqqa erishdi. «O‘zbekiston akkreditatsiya markazi» davlat muassasasining Akkreditatsiya komissiyasi qaroriga muvofiq, filial laboratoriyasining (akkreditatsiya raqami — O‘ZAK.QL.0035) akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. Mazkur yangilik Qo‘qon filiali mutaxassislariga tibbiyot, transport, sanoat hamda boshqa tarmoqlarda foydalanilayotgan o‘lchash vositalarini yangi xizmatlar asosida metrologiya tekshiruvidan […]
«FARG‘ONA YASIN QURILISH MOLLARI» MChJ QKda davlat metrologik xizmatlari amalga oshirildi

O‘lchashlar birliligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining aniqligini oshirish maqsadida «FARG‘ONA YASIN QURILISH MOLLARI» MChJ QKda navbatdagi davlat metrologik xizmatlari amalga oshirildi. 🔹 O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti DM Qo‘qon filiali mutaxassislari tomonidan korxonadagi geometrik, massa, harorat, bosim va mexanik kuch kattaliklariga oid o‘lchash vositalari davlat qiyoslovidan o‘tkazildi hamda ularning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlandi. […]
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida energiya tejash orqali institut mablagʻlari optimallashtirilmoqda

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, sohaga tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib, yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda. Xususan, muassasada issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida maʼnan eskirgan va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonlar oʻrniga zamonaviy, yuqori […]