2026 yil 11–12 avgust kunlari Yekaterinburg shahridagi D.I.Mendeleyev nomidagi “Butunrossiya metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti” FDUKning (ФГУП “ВНИИМ”) filiali “Ural ilmiy-tadqiqot metrologiya instituti”da (Уралького научно-исследовательский институт метрологии) — UNIIM bazasida COOMET TK 1.5 “Uzunlik va burchak” texnik qo‘mitasining 23-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash bo‘limi mutaxassislari Rustam Karimov va Umida Muhitdinova hamda COOMETga a’zo tashkilotlar va muassasalar vakillari, shuningdek, belgilangan ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Texnik qo‘mitaning joriy faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar hamda uzunlik va burchak metrologiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish, metrologiya sohasida ilmiy-texnik aloqalarni mustahkamlash, yangi solishtirish ishlarini jadallashtirish va O‘zMMI vakillari tomonidan Satx o‘lchash (Urovnomer) bo‘yicha yangi solishtirish ishlarini amalga oshirish taklifi berildi hamda o‘zaro tajriba almashinuvini kengaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilab olindi.