Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi vise-prezidenti Niraj Singh (Niraj Singh) boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston milliy metrologiya institutining zamonaviy laborotoriyalari bilan tanishdi

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Agentlikda Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi vise-prezidenti Niraj Singh (Niraj Singh) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Bureau Veritas sinov, inspeksiya va sertifikatlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi fransuz transmilliy kompaniyasi hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi eng yirik global yetakchilardan biridir. 1828-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qariyb 200 […]
Davlat etalonlari xaridi: GPS qabul qiluvchi tizimlar metrologik uskunalar kompleksi bo’yicha tender boshlandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga muvofiq tasdiqlangan 2024–2030-yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag’lari hisobidan xarid qilinadigan etalonlar ro’yxati ijrosini ta’minlash maqsadida GPS qabul qiluvchi tizimlar metrologik uskunalar kompleksini xarid qilish bo’yicha davlat xaridlari tender savdolari e’lon qilindi. Shu munosabat bilan 2026-yil 28-iyul kuni «O’zMMI» DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz […]
Тailand milliy metrologiya institutida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimlari malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Germaniyaning Federal fizika-texnika instituti (PTB) o‘rtasida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 13-24-iyul kunlari Tailand milliy metrologiya institutida navbatdagi o‘quv trening tashkil etildi. Mazkur o‘quv treningda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti xodimi Maxamatov Kamoliddin magnetizm yo’nalishi bo’yicha na’munaviy Teslametr […]
O‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishni ta’minlash borasida 3 ta yangi milliy standartlar tasdiqlandi.

Neft va gaz, kommunal xo‘jaligi sohalarida foydalaniladigan hamda xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan 3 ta yangi milliy standartlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi. ✅O‘zMSt 935:2026 O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. “Yoqilg‘i va energiya. Hisobga olish vositalari bilan jihozlash va ularni ekspluatatsiya qilish”; ✅O‘zMSt 936:2026 O‘zbekiston Respublikasining O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. “Oʻzgaruvchan bosimlar farqi usulida ishlovchi oʻlchash tizimlari. […]
Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET doirasidagi xalqaro qo‘shimcha solishtirishda ishtirok etdi

Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida hajm oʻlchashlar yoʻnalishi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro qoʻshimcha solishtirishda ishtirok etdi. Mazkur loyiha Xalqaro Oʻlchovlar va Tarozilar Byurosi (BIPM)ning Asosiy Solishtirishlar Maʼlumotlar Bazasida (KCDB) COOMET.M.FF-C14.a rasmiy kodi bilan roʻyxatga olingan. Solishtirishning asosiy texnik tavsifi: Mintaqaviy metrologiya tashkiloti: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi); Oʻlchash […]
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti xalqaro kalit solishtirish loyihasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari hamkorligi) doirasida kuch o‘lchashlar yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro kalit solishtirish (Key Comparison) loyihasida ishtirok etmoqda. Mazkur loyiha Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM)ning Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasi (KCDB)da COOMET.M.F-K3.a rasmiy kodi bilan ro‘yxatga olingan. Loyihaning asosiy texnik ma’lumotlari quyidagilardan iborat: Mintaqaviy tashkilot: COOMET (Yevro-Osiyo davlatlararo metrologiya muassasalari […]
O‘zMMI va Italiyaning INRiM instituti o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik muhokama qilindi

2026-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Italiyaning Milliy metrologik tadqiqotlar instituti — INRiM o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomon mas’ullari ishtirok etib, institutlarning faoliyati, ilmiy-texnik salohiyati, metrologiya xizmatlari, kvant metrologiyasi, kadrlar malakasini oshirish hamda EURAMET doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zMMI tomonidan institutning tashkiliy tuzilmasi, milliy […]
O‘zMMI mutaxassislari hajm o‘lchash va tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlashda qo‘llanadigan texnologiyalarni o‘rgandilar

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) institutiga ish tashrifining yo‘nalishlaridan biri mikrolitr o‘lchash intervalida gravimetrik usul bilan hajm o‘lchash, shuningdek tarozi toshlarining zichligini aniqlash vositalarini kalibrlash sohasida qo‘llanadigan usul va texnologiyalarni o‘rganish bo‘ldi. Mutaxassislar ushbu turdagi o‘lchashlarni bajarishning yuqori aniqlik darajasini va metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlaydigan texnik yechimlari, qo‘llanadigan asbob-uskunalari […]
Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti mutaxassislari Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS) faoliyati bilan tanishdilar

Xitoy Xalq Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida Oʻzbekiston Milliy Metrologiya Instituti mutaxassislari Sian shahridagi Shaanxi Institute of Metrology Science (SIMS)ga tashrif buyurdilar. UzMMI mutaxassislari institutning laboratoriya majmuasi, uning tashkiliy tuzilmasi, texnik jihozlari va oʻlchovlarning bir xilligini taʼminlashning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishdilar. Delegatsiya uzunlik, massa, bosim, vakuum, harorat, akustika, kuch, elektr kattaliklari, hajm, oqim va tibbiy oʻlchovlar […]
Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor: Agentlik tizimida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda uning tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Agentlik direktori Akmal Jumanazarov so‘zga chiqib, tizimda faoliyat yuritayotgan yosh olimlar va mutaxassislarning yutuqlari, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda soha uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan […]