Aniq vaqt

«FARG‘ONA YASIN QURILISH MOLLARI» MChJ QKda davlat metrologik xizmatlari amalga oshirildi

O‘lchashlar birliligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish jarayonlarining aniqligini oshirish maqsadida «FARG‘ONA YASIN QURILISH MOLLARI» MChJ QKda navbatdagi davlat metrologik xizmatlari amalga oshirildi.

🔹 O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti DM Qo‘qon filiali mutaxassislari tomonidan korxonadagi geometrik, massa, harorat, bosim va mexanik kuch kattaliklariga oid o‘lchash vositalari davlat qiyoslovidan o‘tkazildi hamda ularning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.
Shuningdek, korxona laboratoriyalarida foydalanilayotgan sinov vositalari takroriy attestatsiyadan o‘tkazilib, texnik va metrologik talablarga muvofiqligi tasdiqlandi.

Amalga oshirilgan ushbu ishlar ishlab chiqarish jarayonlarining ishonchliligi, mahsulot sifatining barqarorligi hamda sement mahsulotlarining milliy va xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti DM Qo‘qon filiali tomonidan hududdagi korxonalarda o‘lchash vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish va sinov vositalarini attestatsiyalash ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil