“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Akustika, ultratovush va tebranish laboratoriyasi tebranish yo‘nalishi bo‘yicha EURAMET.AUV.V-K5.1 xalqaro asosiy solishtirishida ishtirok etmoqda.
Ayni paytda Institutda solishtirish artefaktlari yordamida zarur o‘lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur xalqaro solishtirishda O‘zbekistonning ishtiroki Institut mutaxassislarining EURAMET “Akustika, ultratovush va tebranish” texnik qo‘mitasi doirasidagi xalqaro hamkorligi natijasida ta’minlanmoqda.
Xalqaro solishtirishlarda faol ishtirok etish — milliy o‘lchashlar tizimining xalqaro darajadagi ishonchliligi va tan olinishini ta’minlashning muhim omilidir.