Aniq vaqt

Korxonalar, tashkilotlar rahbarlari va tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlari (tariflari) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab o‘zgartirilishini ma’lum qilamiz.

Xizmatlar narxlarini qayta ko‘rib chiqishda oldingi davrlardagi xarajatlarning hisobot ko‘rsatkichlari, muayyan ish va xizmatlarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar, shuningdek, materiallar, energiya resurslari hamda kommunal xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar hisobga olindi.

Shuningdek, zamonaviy elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va maxsus axborot dasturlarini joriy etish, amortizatsiya ajratmalari, amaldagi soliq stavkalari hamda boshqa zarur xarajatlar ham inobatga olingan. Mazkur omillarni hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tariflari haqiqiy xarajatlar darajasiga yaqinlashtiriladi va 2026-yil 1-sentabrdan boshlab yangi tariflar asosida qo‘llaniladi.

Har bir xizmat yo‘nalishi bo‘yicha 2026-yil 1-sentabrdan amal qiladigan yangi preyskurantlar (narxlar va tariflar) bilan O‘zbekiston milliy metrologiya institutining rasmiy veb-saytidagi “Mijozlar uchun” bo‘limi orqali elektron shaklda tanishishingiz mumkin: http://nim.uz (http://nim.uz/) Xizmatlar narxlarining o‘zgarishi, eng avvalo, amalga oshirilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning barqarorligi, zamonaviy talablarga muvofiqligi hamda yuqori sifatini ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining xizmatlaridan foydalanib kelayotganingiz uchun Sizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kelgusida ham Siz bilan samarali, ishonchli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.

Hurmat bilan,
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil