Bugun Toshkent vaqti bilan ertalab soat 8-00 da Osiyo Tinch okeani metrologiya dasturi (APMP) yosh metrologlarining keng qamrovli uchrashuvi onlayn tarzda tashkil etildi. Tadbirning bosh maqsadi yosh metrologlarni tanishtirish, salohiyatini namoyon etish, bir-birini yaxshiroq bilish, xalqaro doirada o‘zaro hamkorlik qilish va aloqalarni o‘rnatishni shakllantirishdir.

Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi (BIPM) Vision 2050+ ( https: form.jotform.com) da ishtirok etish masalasi ko‘rib chiqildi. Bunda yosh metrologlar APMP bo‘yicha turli xil – iqtisodiyot, metrologiya va mutaxassislik sohalariga ega bo‘lgan ko‘plab mavzularda tuzilgan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqirildi. Shuningdek, javoblarda sohani rivojlantirishda berilgan g‘oya va takliflar ham qabul qilinishi aytib o‘tildi.
Barcha ishtirokchilarga erkin suhbat tarzida o‘z faoliyati, xalqaro va mahalliy loyihalardagi ishtiroki, ish joyi, foydalanayotgan texnologiyasi, jihozlari, tajribasi, g‘oyalari, sohaga doir fikrlari jamlangan taqdimotlar uchun 5 daqiqalik vaqt berildi.
Yosh metrologlarning xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston milliy metrologiya institutining 15 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi.
Jumladan, Vohobjon Nishonov ma’ruza va taqdimot qilib, o‘z faoliyati haqida keng ma’lumotlar va sohaga oid qo‘shimcha solishtirishlarni tashkil etish yuzasidan takliflar berdi.
Savollarga berilgan javoblar CIPM 2030+ strategiyasini to‘ldirish uchun foydalanilishi ta’kidlandi. BIPM Vision 2050 + ning mazkur so‘rovnomasi endi APMP veb-saytida ham e’lon qilinishi ma’lum qilindi ( https: www.apmpweb.org ).