O‘zbekiston milliy metrologiya institutida soha mutaxassislarini kasbiy va texnik bilimlarini oshirib borish hamda ularning ko‘nikmalarini muntazam ravishda takomillashtirish, xalqaro talablarga muvofiq yangilab borishga doimiy e’tibor qaratib kelinadi. Institutning bo‘limlar va viloyatlardagi hududiy filiallarida malakali metrolog mutaxassislar ishtirokida “ustoz shogird” usulida amaliy tajribalar almashish doimiy tarzda olib borilmoqda.

Kuni kecha harorat va elektr kattaliklarini o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha Andijon va Xorazm viloyatlarida yosh metrolog mutaxassislarga kalibrlash usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha texnik – ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Andijon filialidagi mashg‘ulotlarda shishali va raqamli termometrni kalibrlash bo‘yicha, Xorazm filialida elektr kattaliklarini o‘lchash yo‘nalishida kalibrlashning talablari bo‘yicha tushunchalar berildi.