Bu yo‘nalishda mana bir necha yildirki O‘zbekiston milliy metrologiya instituti metrologlari aniq o‘lchashlar olib borishmoqda. Nostandart geometrik kattaliklarni Shvetsiyada ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi Bo‘g‘imli qo‘l koordinatalarini o‘lchash mashinasida metrologik qiyoslash va kalibrlashdan o‘tkazishmoqda. Bunda ikki xilda, qo‘l boshqaruvi orqali turli nuqtalarni belgilash hamda qo‘l boshqaruvi orqali lazer nuri yordamida 3D skanerlash bilan aniq o‘lchashlar amalga oshiriladi. Barcha o‘lchashlar qiymatlari avtomatlashtirilgan dastur orqali hisoblanadi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Bo‘g‘imli qo‘l koordinatalarini o‘lchash mashinasining o‘lchash ko‘lami: 3 o‘lchovli kordinata sistemasi bo‘yicha harakatga ega bo‘lib (X, Y, Z):1200 mm oraliqni qamrab oladi. Xatoligi: ± (0,5) µm ± (0,25)µmni tashkil qiladi.
Qiyoshlash va kalibrlash ishlari ISO 10360-12:2016 va ISO 10360-8:2013 xalqaro me’yoriy hujjatlari asosida olib borilmoqda.



