Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti hujjatlari joriy etiladi

Bugun Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida 2024-2030-yillar davomida jami 112 ta Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti OIML “R” va “D” seriyasidagi hujjatlarni bosqichma-bosqich joriy qilish, shu jumladan 2024-yilda 24 ta joriy qilinishi rejalashtirilgan hujjatlarni muhokama qilish maqsadida masʼul mutaxassislar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida hozirgi kunda institut mutaxassislari tomonidan 11 ta hujjatlar joriy qilinganligi taʼkidlab oʻtildi. […]
Sohani rivojlantirishda xorijiy investitsiya jalb qilinadi

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti va uning filiallari tomonidan sohani rivojlantirishda xorijiy investorlarni jalb qilish borasida ishlar olib borilmoqda. Institutning Sirdaryo filiali tomonidan investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha xorijiy investorlar va moliya institutlari grant mablagʻlarini jalb qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Kuni kecha filial masʼul xodimlari ishtirokida investitsion loyiha ishlab chiqish va uni […]
Elektron sekundomerlarni kalibrlash jarayonidan fotolavha

Sekundomer – bu vaqt oraligʻini soniyaning eng yaqin qismigacha oʻlchash imkoniyatiga ega oʻlchash vositasidir. Ma’lumot uchun: Elektron va mexanik sekundomerlarni kalibrlash va qiyoslash namunaviy uskunasining o‘lchash ko‘lami 0,0002 s dan 400000 s gacha bo‘lib, xatoligi 0,02 + (interval)×10^(-6) s ni tashkil etadi.
Xalqaro hamkorlik yanada kengaytirilmoqda

Bugun Qozog‘iston standartlashtirish va metrologiya institutining mas’ul xodimlari O‘zbekiston milliy metrologiya institutida bo‘lishib ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati, uning istiqboli, xalqaro solishtirish loyihalarida birgalikda ishtirok etish, tajriba almashish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan o‘lchash vositalarini Qozog‘istonga importi mavzualari mas’ullar diqqat markazida bo‘ldi. Muzokaralardan so‘ng mehmonlar institutining […]
Izlanuvchan metrologlar uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi

Bugun O‘zbekiston milliy metrologiya institutida faoliyat olib borish davomida ilmiy izlanishlar bajarayotgan mutaxassis xodimlar va Oliy ta’lim muassasalari proqessor o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Institutda tashkil etilgan o‘chrashuvda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Paraxat Matyakubova izlanuvchan mutaxassislar uchun ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada ilmiy izlanishlar […]
Metrologiya boʻyicha xalqaro tanlov eʼlon qilindi

Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish boʻyicha Davlatlararo kengash (MGS) “MDH MGS ning eng yaxshi yosh metrogogi” xalqaro tanlovini eʼlon qildi. Xalqaro tanlov MGSga aʼzo Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi davlatlarining yosh metrologlari orasida quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi: – Ilmiy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi; – Amaliy metrologiya yoʻnalishida MDH MGSning eng yaxshi yosh metrologi; – […]
O‘zbekiston Global sifat infratuzilma indeksida yuqorilamoqda

Global sifat infratuzilma indeksida (Global Quality Infrastructure Index (GQII) 2019 yilga qadar sifat indeksi bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega qizil rangdagi Ozarbayjon, Nigeriya, Zimbabve, Umon davlatlar qatorida bo‘lganligi bois ushbu reytingga Respublikamiz kiritilmagan edi. Endilikda akkreditatsiya, metrologiya va standartlashtirish sohalaridagi islohotlar natijasida 2021-yildan boshlab O‘zbekiston 82-o‘rin bilan ro‘yxatga kiritildi ( https://gqii.org/gqii-2021/ ). 2023-yil yakunlariga asosan 185 […]
Xorijiy investorga metrologiyaga doir tushunchalar berildi

Bugun “EMBRACESEA” ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (Koreya) vakillari Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti ma’sullari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuvda “EMBRACESEA” xorijiy korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni metrologik ta’minoti masalalari muhokama qilindi. Shuni ta’kidlash joizki, mazkur korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot innovatsion xususiyatga ega bo‘lganligi uchun aniq o‘lchashlarning roli muhim ekanligi ta’kidlandi. Xorijiy korxona mas’ullari suhbat […]
Yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar – sifat kafolati

Bugungi kunda mahsulot sifati va o‘lchashlar aniqligi ko‘plab ishlab chiqarish jarayonlarida asosiy omillardan biridir. Bu esa qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining aniqligi va ishonchliligini kafolatlaydigan kalibrlash ishlarini rivojlantirishga ehtiyoj tug’diradi. Qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi sanoatning turli tarmoqlarida, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishda, o‘lchashlarning sifati va aniqligini ta’minlashda muhim vazifalarni bajaradi. Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filiali mutaxassislari tomonidan […]
Institutning yangilangan sayti test rejimida ishga tushirildi

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida olib borilayotgan ilmiy, texnikaviy yangilanishlar faoliyatning barcha jabhalarida birday olib borrilmoqda. Hamkorlarga qulaylik yaratilib, institutga qilinadigan murojaatlar, shartnoma tuzish va guvohnomalar taqdim qilish mana bir necha yildirki onlayn shaklda olib borilmoqda. Shuningdek, institut tarixidan boshlab, bugungi faoliyatga doir barcha harakatlar institutning rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoritilib kelinmoqda. […]