Har yili so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir bobomiz hazrat Alisher Navoiy tavallud kuni arafasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallarida turli ko‘rinishda tadbirlar tashkil qilinadi.
An’anaga muvofiq Samarqand hududiy filialida Navoiy bobomizning tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bagʻishlangan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Samarqand viloyat ma’naviyat va ma’rifat jamiyati a’zosi, shoira Nigora Boboyarova ishtirok etdi. Tadbirda buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning serqirra ijodi va hayoti, ular yozib qoldirgan bebaho asarlar haqida so‘zlab berildi. Xodimlar buyuk ajdodlarimizning umr yo‘li haqida o‘z tasavvurlarini boyitishdi.

Xorazm filiali mutaxassislari ishtirokida Alisher Navoiy muzeyiga va Mahmud Az–Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot kutubxona markaziga ko‘rgazmali ekskursiya tashkil qilindi. Bu yerda ham jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan ikki buyuk daholar Mir Alisher Navoiy bobomizning 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavalludlarining 541 yilligi munosabati bilan mazkur tadbir tashkil qilindi.

Olmaliq filiali hamda Olmaliq shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Olmaliq shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham ishtirok etishdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan qo‘shiq, g‘azal, she’rlar va sahna ko‘rinishi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi va ular tomonidan iliq kutib olindi.
Joylardagi tadbirlarda mutaxassislarga adabiyotshunostlar tomonidan mutafakkir adiblarning hayoti va ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlar gapirib o‘tildi.
