O‘zbekiston milliy metrologiya instituti filiallarida ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy mavzudagi tadbirlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlarga ma’naviyat targ‘ibotchilari, huquqshunostlar, Oliy ta’lim muassasalari va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari taklif etilmoqda.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Andijon, Qashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm va Chirchiq filiallarida bo‘lib o‘tgan korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi tadbirlarda Prezidentimizning 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan qoida va talablar huquqshunostlar tomonidan tanishtirildi.
Ma’rifiy uchrashuvlarda hududiy filial xodimlari faol ishtirok etishmoqda.





