Aniq vaqt

Havodagi radon birligi bo‘yicha milliy etalonni yaratish va radon o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Germaniyaning Frankfurt shahridagi Bertin technologies (Bertin GmbH) korxonasida malaka oshirdilar.

Mazkur tashrif davomida radonni aniq o‘lchash va radon o‘lchash vositalarini kalibrlashni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish bo‘yicha zarur amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.

Natijada respublikada radon monitoringi va kalibrlash tizimlarini takomillashtirish, o‘lchashlar ishonchliligini ta’minlash hamda xalqaro solishtirishlarda ishtirok etish uchun mustahkam metrologik asos yaratiladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil