Musaffo ob-havodan unumli foydalangan holda institut jamoasi birlashib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sog‘lom atrof-muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir davomida mevali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlar yanada kengaytirildi.
Mazkur tashabbus nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun ham sog‘lom va obod muhit yaratishga xizmat qiladi. Chunki tabiatga bo‘lgan e’tibor — yurt ravnaqi va farovon kelajak garovidir.
🌳 Yashillikni asraylik, kelajakni birgalikda barpo etaylik!
