Hurmatli mutaxassislar, olimlar va ekspertlar!
“O‘zbekiston Metrologiyasi” ilmiy-texnik jurnalining 2026-yil 1-soni uchun ilmiy maqolalar qabuli davom etmoqda.
Materiallarni topshirish muddati — 17-martgacha.
Nashrning asosiy yo‘nalishlari:
🔸 milliy va xalqaro metrologiya tizimini rivojlantirish;
🔹 yangi etalonlar va innovatsion o‘lchash texnologiyalarini joriy etish;
🔸 laboratoriyalarda metrologik kuzatuvchanlikni ta’minlash;
🔹o‘lchash noaniqligini tahlil qilish va kalibrlash
🔸 o‘lchash jarayonlarini raqamlashtirish va Industry 4.0;
🔹 texnik tartibga solishni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish.
Jurnal tajriba almashish, tadqiqot natijalarini e’lon qilish va zamonaviy metrologik yechimlarni ilgari surish uchun ilmiy-texnik elektron platforma hisoblanadi.
Ilmiy tashkilotlar, universitetlar, laboratoriyalar va soha mutaxassislarini hamkorlikka taklif etamiz.
☎️+998 98 808 40 41
Tadqiqotlaringizni professional hamjamiyatga taqdim etish imkoniyatini boy bermang!