Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasining milliy metrologiya organlari vakillari, shuningdek Standartlar byurosi mas’ullari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yig‘ilishda O‘zbekiston Milliy metrologiya institutining mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Yig‘ilish davomida ishtirokchi mamlakatlarning milliy organlari tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar, jumladan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tomonidan taqdim etilgan takliflar inobatga olingan holda takomillashtirilgan model Qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalar yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilinib, yig‘ilish bayonnomasi ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.
Ushbu yig‘ilishni o‘tkazish o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash sohasida davlatlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy va uyg‘unlashtirilgan normativ-huquqiy bazani shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
