O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) tomonidan tashkil etilgan “KCDB 2.0 – Online technical exchanges – COMPARISONS” onlayn texnik seminarida faol ishtirok etdi.Texnik seminar CIPM MRA Kelishuvi doirasidagi solishtirishlarda ishtirok etuvchi pilotlar va qatnashchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy maqsad KCDB 2.0 platformasida asosiy va qo‘shimcha solishtirish loyihalarini yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat edi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston mutaxassislari xalqaro standartlar va metodologiyalar bilan yaqindan tanishib, KCDB 2.0 platformasini samarali qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. Bu tashabbus milliy metrologiya sohasining xalqaro hamkorlikdagi salohiyatini yanada mustahkamlaydi.


