Hozirgi vaqtda trenerlar uchun interaktiv formatda o‘quv mashg‘ulotlari va konferensiyalarni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy trening o‘tkazilmoqda.
Trening doirasida menejment tizimlarini integratsiya qilishning bazaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilmoqda. Jumladan:
ISO/IEC 17025:2017 – sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentligiga umumiy talablar
ISO/IEC 17034:2015 – “Standart namunalarni ishlab chiqaruvchilarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar”
ISO/IEC 17043:2023 – Muvofiqlikni baholash. Malakani tekshirish provayderlarining kompetentligiga oid umumiy talablar
Qatnashchilar interaktiv muhokamalar, amaliy mashg‘ulotlar va jamoaviy ish orqali bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.
Trening professional rivojlanish, xalqaro standartlar talablarini chuqur anglash va amaliyotga samarali joriy etishga qaratilgan.



