Aniq vaqt

Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida energiya tejash orqali institut mablagʻlari optimallashtirilmoqda

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, sohaga tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Bu borada Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib, yuqori iqtisodiy koʻrsatkichlarga erishilmoqda.

Xususan, muassasada issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida maʼnan eskirgan va energiya sarfi yuqori boʻlgan qozonlar oʻrniga zamonaviy, yuqori samaradorlikka ega “Ferroli 600” rusumli avtomatlashtirilgan turbinali qurilmalar oʻrnatildi. Taqqoslash uchun, avvalgi yillarda eski rusumdagi uskunalar orqali fevral oyida oʻrtacha 42 320 kub metr tabiiy gaz sarflangan boʻlsa, yangi texnologiyalar tufayli bu koʻrsatkich keskin kamaydi.

Tahlillarga koʻra, 2026 yilning yanvar-fevral oylari uchun jami 110 000 kub metr tabiiy gaz limiti ajratilgan boʻlib, amalda 41 700 kub metr resurs iqtisod qilindi. Bu jami limitning 37,9 foizini tashkil etib, pul hisobida 75 million 60 ming soʻm mablagʻ tejab qolinilishiga xizmat qildi. Maʼlumot uchun, 2025 yilning mos davrida iqtisod koʻrsatkichi 34,4 foizni (68 million 176 ming soʻm) tashkil etgan edi.

Elektr energiyasi isteʼmoli yoʻnalishida ham ijobiy natijalar qayd etilmoqda. Muassasa hududida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida quvvati 115 kVt boʻlgan quyosh panellari ishga tushirilgan. Shuningdek, binolarda 50 dona harakat datchiklari va issiqlik yoʻqotilishining oldini oluvchi yarim avtomatlashtirilgan qurilmalar (dovodchiklar) oʻrnatildi. Raqamlarga murojaat qilsak, 2026 yil fevral oyining oʻzida elektr energiyasi boʻyicha ajratilgan 85 000 kVt limitdan 55 000 kVt sarflanib, 30 000 kVt (35,3 foiz) energiya tejaldi. Buning natijasida birgina shu oyning oʻzida 30 million soʻm mablagʻ iqtisod qilindi. Solishtirish uchun, 2025 yilning fevral oyida tejamkorlik koʻrsatkichi 28,2 foiz boʻlgan.

Oʻtgan davr misolida oladigan boʻlsak, 2024 yilda muassasa boʻyicha yillik elektr energiyasi limiti 1 035 000 kVt/soatni tashkil etgan, amalda 738 564 kVt/soat elektr energiyasi sarflangan. Natijada 296 436 kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilinib, bu umumiy limitga nisbatan 28,6 % iqtisodni tashkil etgan. Shunda 266 792 400 soʻm iqtisod qilingan.

2025 yilda esa muassasa boʻyicha yillik elektr energiyasi limiti 1 035 000 kVt/soatni tashkil etgan, amalda 785 618 kVt/soat elektr energiyasi sarflangan. Natijada 249 382 kVt/soat elektr energiyasi iqtisod qilinib, bu umumiy limitga nisbatan 24,1 % iqtisodni tashkil etgan. Shunda 249 382 000 soʻm iqtisod qilingan.2024 yilda elektr energiyasini tejash koʻrsatkichi 28,6 %, 2025 yilda esa 24,1 % ni tashkil etgan boʻlib, 2024 yilda tejamkorlik darajasi yuqoriroq boʻlgan.

Shuningdek, institut binosida quvvati 115 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) oʻrnatilgan boʻlib, u yiliga taxminan 151 800 kVt/soat muqobil elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa umumiy elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

OʻzMMI tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar natijasida nafaqat muassasa byudjetini optimallashtirish, balki mamlakatimizda energiya xavfsizligini taʼminlash va tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qoʻshilgan munosib hissa boʻlmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil