Aniq vaqt

Xitoyning China Datang Group kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida Xitoy Xalq Respublikasining yirik energetika kompaniyalaridan biri hisoblangan China Datang Group vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasida metrologik ta’minotni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni joriy etish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, istiqbolli qo‘shma loyihani amalga oshirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish hamda kelgusida amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil