Mazkur hashar “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilib, aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, mahalla va aholi yashash maskanlarining sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni asrash hamda xalqimizning azaliy hashar an’analarini davom ettirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu xayrli tashabbus doirasida respublika bo‘ylab barcha tashkilot va muassasalar, mahallalar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida ham hashar ishlari uyushqoqlik va faollik bilan olib borilmoqda. Institut xodimlari tomonidan ish hududlarini obodonlashtirish, binolar atrofini tozalash, yashil hududlarni tartibga keltirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.