EURAMET TCTF navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etildi

Joriy yilning 26-27 mart kunlari Shveytsariyaning Bern shahrida Shveytsariya milliy metrologiya instituti (METAS)da Metrologiya institutlarining Yevropa assotsatsiyasi (EURAMET) Vaqt va chastota Texnik qo‘mitasi (TCTF) navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro tadbirda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) vakili ham ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (BIPM), EURAMET va Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi (ITU) tomonidan […]

O’zMMI Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida metrologiya xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zMMI Komplaens nazorat bo‘limi mas’ullari tomonidan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’ruza qilindi. Seminar davomida xodimlarga sohadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar […]

O‘zbekiston Global sifat indeksida 18 pog‘onaga yuqoriladi: Sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi natijalar va 2026-yilga mo‘ljallangan strategik rejalar e’lon qilindi. Tadbirda ta’kidlanishicha, Metrologiya to‘g‘risidagi qonun JST talablariga moslashtirilishi natijasida O‘zbekiston Global sifat infratuzilmasi indeksida (GQII) 18 pog‘onaga yuqorilab, 184 ta davlat orasida 72-o‘rinni egalladi. Anjuman davomida institut olimlari tomonidan ishlab […]

Italiya elchisi bilan uchrashuv: hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gvido De Sanktis bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida standartlashtirish, metrologiya, bozor nazorati va sinov sohalarida hamkorlikni kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va texnik ko‘makni jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Italiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida muvofiqlikni baholash sohasida hamkorlik […]

Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy Metrologiya institutida Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining metrologik ta’minoti, xususan, ularning kuzatiluvchanligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mehmonlarga institutning zamonaviy metrologik infratuzilmasi tanishtirildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga […]

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Xorazm filialida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot seminari oʻtkazildi.

Tadbirda OʻzMMI Кomplaens nazorat boʻlimi mutaxassislari hamda viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIB masʼullari ishtirok etdi. Seminar davomida xodimlarga sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, tizimda halollik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Ishtirokchilarga korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz […]

O‘zbekistonning yangi 6 ta o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) ro‘yxatga olindi

❗️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI)ning Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi Vaqt va chastota laboratoriyasining (TF jamoasi) navbatdagi 6 ta kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (СМС-qatorlar) toʻgʻrisidagi yozuvlari Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosining (BIPM) Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida (KCDB) chop etildi. ⚡️ Mazkur CMC-qatorlar BIPM Vaqt va chastota Maslahat qo‘mitasi (CCTF) […]

Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) — bu hukumatlararo tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi butun dunyo bo‘ylab o‘lchashlarning yagona va yaxlit tizimi uchun asos yaratishdan iborat.

Ushbu tizim Xalqaro birliklar tizimi (SI)gacha kuzatiluvchanlik ta’minlangan holda amal qiladi. BIPM shtab-kvartirasi Sèvres shahrida joylashgan bo‘lib, 1875-yilda tashkil etilgan. BIPM milliy metrologiya institutlari tomonidan yaratilgan milliy etalonlar hamda kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish uchun ochiq, shaffof va qamrovli tizimni ta’minlash orqali xalqaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tizim […]

O‘zMMI Andijon filiali qiyoslash laboratoriyasida ichki audit o‘tkazildi

17–19 mart kunlari O‘zMMI Andijon filiali qiyoslash laboratoriyasida reja asosidagi ichki audit bo‘lib o‘tdi. Tekshiruvda O‘zNIM sifat menejmenti bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, Namangan va Qo‘qon filiallari vakillari ishtirok etdi. Auditning asosiy maqsadi laboratoriya menejment tizimining O‘z DSt 3444:2020 — “O‘lchash vositalarini qiyoslashni amalga oshiruvchi metrologik xizmatlarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti, shuningdek, laboratoriya faoliyatini tartibga soluvchi […]

Yoshlar kuni munosabati bilan yosh metrologlar uchun “BIPM–TÜBİTAK UME Project Placements” (2026) dasturining yangi bosqichi muhokama qilindi.

“BIPM–TÜBİTAK UME Project Placements” (2026) dasturining navbatdagi bosqichi boshlandi. “BIPM–TÜBİTAK UME Project Placements” (2026) dasturining to‘qqizinchi bosqichi boshlangani munosabati bilan Yoshlar kuni doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov yosh metrologlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mazkur xalqaro dasturning ahamiyati, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, dastur […]