2026 yil aprel oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda “ElMetro-Injiniring” kompaniyasi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy davlatlarning sanoat sohalarida erishgan yutuqlarini namoyish etish, yangi sanoat kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va o‘zaro manfaatli investitsiyaviy kelishuvlarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, uning ustuvor yo‘nalishlari va kelajak istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Muzokaralar jarayonida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi o‘quv laboratoriyasini zamonaviy metrologik uskunalar bilan jihozlash, ilg‘or ta’lim-ilmiy laboratoriyani tashkil etish hamda uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etish, istiqbolli innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishdilar.