Aniq vaqt

Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy Metrologiya institutida Rossiya Federatsiyasining “Petroline-A” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llanilayotgan o‘lchash vositalarining metrologik ta’minoti, xususan, ularning kuzatiluvchanligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mehmonlarga institutning zamonaviy metrologik infratuzilmasi tanishtirildi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, metrologik kuzatiluvchanlikni ta’minlash yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

 

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil