Aniq vaqt

Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) — bu hukumatlararo tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi butun dunyo bo‘ylab o‘lchashlarning yagona va yaxlit tizimi uchun asos yaratishdan iborat.

Ushbu tizim Xalqaro birliklar tizimi (SI)gacha kuzatiluvchanlik ta’minlangan holda amal qiladi. BIPM shtab-kvartirasi Sèvres shahrida joylashgan bo‘lib, 1875-yilda tashkil etilgan. BIPM milliy metrologiya institutlari tomonidan yaratilgan milliy etalonlar hamda kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish uchun ochiq, shaffof va qamrovli tizimni ta’minlash orqali xalqaro savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tizim foydalanuvchilarga milliy metrologik xizmatlarning taqqoslanuvchanligi haqida ishonchli miqdoriy ma’lumot taqdim etadi hamda xalqaro savdo, tijorat va qonunchilik sohalaridagi kelishuvlar uchun mustahkam texnik asos yaratadi.

BIPM faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri — a’zo davlatlarning milliy etalonlarini xalqaro etalonlar bilan solishtirish va ularning ekvivalentligini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda BIPM 64 ta to‘laqonli va 37 ta assotsiatsiyalangan a’zo davlatni birlashtiradi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yil 13-iyuldan boshlab Tarozi va o‘lchovlar bo‘yicha Bosh konferatsiya (CGPM)da assotsiatsiyalangan a’zo sifatida ishtirok etmoqda.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil