17–19 mart kunlari O‘zMMI Andijon filiali qiyoslash laboratoriyasida reja asosidagi ichki audit bo‘lib o‘tdi. Tekshiruvda O‘zNIM sifat menejmenti bo‘limi mutaxassislari, shuningdek, Namangan va Qo‘qon filiallari vakillari ishtirok etdi.
Auditning asosiy maqsadi laboratoriya menejment tizimining O‘z DSt 3444:2020 — “O‘lchash vositalarini qiyoslashni amalga oshiruvchi metrologik xizmatlarning kompetentligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” standarti, shuningdek, laboratoriya faoliyatini tartibga soluvchi ichki talablarga muvofiqligini tasdiqlashdan iborat bo‘ldi.
Audit yakunlari bo‘yicha menejment tizimi faoliyatining samaradorligiga baho berildi, uni yanada takomillashtirish va laboratoriya ish faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.