Tadbirda OʻzMMI Кomplaens nazorat boʻlimi mutaxassislari hamda viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIB masʼullari ishtirok etdi. Seminar davomida xodimlarga sohaga oid meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-270-sonli Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uchrashuvda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, tizimda halollik va shaffoflikni taʼminlash masalalariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Ishtirokchilarga korrupsiya holatlariga nisbatan murosasiz boʻlish va har bir xodimning shaxsiy masʼuliyatini oshirish zarurligi uqtirildi.