Qoraqalpog‘iston filialida o‘lchash vositalarining yagona o‘lchash birliklarini ta’minlash maqsadida qiyoslash, kalibrlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari “O‘lchash vositalarini metrologik tekshiruv” bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Bosim kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi
Bosim kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi bosim kalibratorlar, bosim o‘lchash o‘zgartirgichlari, vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manometrlar, differencial manometrlarni qiyoslash va metrologik attestasiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 100 kPa dan 600 MRa gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Fizik-kimyoviy o‘lchashlar, optik va optik-fizikaviy o‘lchashlar laboratoriyasi
Laboratoriyada PH metr va ionomerlar, fotoelektrik kolorimetrlarni qiyoslash ishlarini amalga oshiriladi.
Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasi
Geometrik kattaliklarni o‘lchash laboratoriyasida metrshtok, turli uzunlik o‘lchash asboblari, shtangensirkul, shtagen-reysmass, shtangenglubinomer va yana ko‘plab geometrik o‘lchash asboblarini qiyoslash ishlari amalga oshiriladi.
Maishiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyada xalqaro va davlat standarti talablari asosida sifatli va ishonchli qiyoslash ishlari malakali, tajribali va professional mutaxassislar zamonaviy, aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash oralig‘i 0,016 dan 25 m3/h gacha bo‘lgan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Maishiy suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasi
Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasi ichimlik va issiq suv maishiy hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish maqsadida modernizatsiya qilingan bo‘lib, laboratoriya o‘lchash oralig‘i 0,03 m3/h dan 5 m3/h gacha bo‘lgan suv hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Harorat kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi
Harorat kattaliklarini qiyoslash laboratoriyasida minus 27 dan 800 gacha bo‘lgan o‘lchash uskunalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Massa kattaliklarini qiyoslash laboratoriyasi
Massa kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi 1 mg dan 150 tn gacha bo‘lgan massa kattliklarini o‘lchash uskunalarini qiyoslash imkoniyatiga ega. Laboratoriya zamonaviy namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Manzil: Nukus sh Garezsizlik ko‘chasi, 57 uy
Telefon: (61) 222-74-02
E-mail: qoraqalpogiston@nim.uz
Filial rahbari: Sadikov Jaqsiliq Perdebaevich
Telefon: (90) 723-60-02