Navoiy filialida o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini ta’minlash maqsadida qiyoslash, kalibrlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Massa o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya 1 mg 20 kg bo‘lgan avtomatik bo‘lmagan tarozilarni kalibrlashga mojjallangan. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami 1 mg dan 1kg gacha E2 sinf, 1 g dan 500 g gach F1 sinf, 1 kg dan 10 kg gacha F1 yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 0,1 dan 60 МРа gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Fizikaviy issiqlik va harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 48 dan 1200 ⁰C gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Sarf va sig‘im o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya sarf va hajm o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Maishiy gaz va suv hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Yuridik va jismoniy shaxs-larning maishiy va sanoat suv hisoblagichlarini qiyoslash uskunasi ichimlik va issiq suv xisoblagichlarini qiyoslash-dan o‘tkazishishlarini amalga oshiradi.
Qiyoslash uskunasining o‘lchash oralig‘i 0,03 dan 15 m3/h gacha bo‘lgan suv xisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Yuridik va jismoniy shaxs-larning maishiy va sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash uskunasi maishiy va sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazishishlarini amalga oshiradi.
Qiyoslash uskunasining o‘lchash oralig‘i 0,016 dan 40 m3/h gacha bo‘lgan maishiy va sanoat gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami 220 km/h gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Elektr kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi elektr energiyasi hisoblagichlari, ampermetrlar, voltvetrlar vattmetrlar, varmetrlar, transformator toklarini qiyoslash ishlarini amalga oshiradi. Labaratoriyani o’lchash ko’lami elektr energiyasi hisoblagichlari 380V gacha (aniqlik sinfi 0,5-4,0) ampermetrlar, voltvetrlar vattmetrlar, varmetrlar 20A, 1020 V gacha (aniqlik sinfi 1,0-4) transformator toklari 10000A gacha (aniqlik sinfi 0.5 va undan yuqori). Laboratoriya yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya tibbiyotda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun Doppler Flow Phantom 1425B, DIATEST-4 kabi yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Manzil: Navoiy sh. M. Tarobiy ko‘chasi, 185 uy
Telefon: (79) 224-93-61
E-mail: navoiy@nim.uz
Filial rahbari: Xolov Abduaziz O‘tkirovich
Telefon: (90) 717-21-23