Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Surxondaryo filiali

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo filiali o‘z faoliyatini 2020-yil yanvar oyidan boshlagan.

Bu erda laboratoriyalar soni 10 ta bo‘lib, ularda:
geometrik kattaliklarni o‘lchash,
massa birliklarini o‘lchash,
kuch va qattiqlik birliklarini o‘lchash,
vaqt va chastotani o‘lchash
harakat parametrlarni o‘lchash,
bosim birligini o‘lchash,
sarf va sig‘im kattaliklarini o‘lchash,
harorat va issiqlik fizikasiga oid o‘lchashlar,
optik va optik-fizikaviy o‘lchashlar,
elektr o‘lchashlar,

Geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Massa o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya bosim o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 0,1 dan 60 МРа gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 50 dan 1200 ⁰C gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya sarf va harajat o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Suv hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy va sanoat suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasi ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash oralig‘i 0,03 dan 30 m3/h gacha bo‘lgan suv hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.

Harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya harakat parametrlari o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami 220 km/h gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Gaz hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyada halqaro va davlat standart talablari asosida sifatli va ishonchli qiyoslash ishlari malakali, tajribali mutaxassislar tomonidan zamonaviy, aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash oralig‘i 0,016 dan  40 m3/h gacha bo‘lgan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.

Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Manzil: Termiz sh. Ibn Sino ko‘chasi, 41 uy
Telefon: (76) 227-01-89
E-mail: surxondaryo@nim.uz
Filial rahbari: Axmedov Shukur Babaniyazovich
Telefon: (93) 790-06-61