O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Samarqand filiali o‘z faoliyatini 2020-yil yanvar oyidan boshlagan.
Samarqand filialida laboratoriyalar soni 9ta bo‘lib, ularda:
geometrik kattaliklarni o‘lchash,
massa birliklarini o‘lchash,
kuch va qattiqlik birliklarini o‘lchash,
vaqt va chastotani o‘lchash
harakat parametrlarni o‘lchash,
bosim birligini o‘lchash,
sarf va sig‘im kattaliklarini o‘lchash,
harorat va issiqlik fizikasiga oid o‘lchashlar,
fizik-kimyoviy o‘lchashlar,
optik va optik-fizikaviy o‘lchashlar,
elektr kattaliklarni o‘lchash ishlari amalga oshiriladi.
Bosim o‘lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi
Bosim o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish ishlari ushbu labaratoriyada amalga oshiriladi.
Labaratoriya o‘lchashlar olib borish imkoniyati (-0,1÷60) MPa bo‘lgan zamonaviy raqamlashtirilgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Bosim o‘lchash vositalari neft va gaz, energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, issiqlik energetikasi, kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida keng miqiyosida foydalaniladi va yuqori aniqlikdagi oʻlchashlarni olib borilishini taʼminlaydi.
Geometrik kattaliklar o‘lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi
Geometrik kattaliklarni o’lchash vositalarni qiyoslash ishlari olib boriladi. Joriy yil “O’zMMI” DM Samarqand filiali tomonidan soha ko’lamini, jumladan geometrik o’lchash vositalarini kalibrlash bo’yicha kengaytirish ishlarni rejalashtirilgan.
Harorat kattaliklari o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyaning asosiy faoliyati harorat kattaliklari o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestasidan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriyada mavjud namunaviy, zamonaviy yuqori aniqlikdagi va kuzatuvchanligi ta’minlangan o‘lchash ko‘lami (-40÷1200) ºC bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Massa kattaliklar o‘lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi
Massa kattaliklarini o‘lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi o‘lchash ko‘lami 0.01 mg dan 20000g gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, tarozilar hamda tarozi toshlarini qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish ishlari amalga oshiriladi.
Elektr kattaliklarni o’lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi
Ushbu laboratoriya tok transformatorlari, elektr energiyasini hisobga olish uskunalari (hisoblagichlar) va boshqa elektr kattaliklarni o‘lchash vositalarini qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish ishlari amalga oshirish maqsadida yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Laboratoriya o‘lchash ko‘lami:
(0÷99000) А
(0÷380) V
(0÷100) A
50 Hz
(0,5÷1,0) cosφ
(0÷105)Ω
Kimyoviy-fizik va Optik-Fizik kattaliklarni o‘lchash vositalarni qiyoslash laboratoriyasi
Kimyoviy-fizik va optik-fizik kattaliklar o‘lchash vositalarni qiyoslash ishlarini amalga oshirish maqsadida, laboratoriya yuqori aniqlikdagi (Fotoelektrokolorimetr, biokimyoviy va immunoferment analizator, turli gaz va suyuqlik standart namunalari) namunaviy o‘lchash vositalari va standart namunalari bilan ta’minlangan hamda laboratoriyada yuqori malakali-tajribali xodimlar faoliyat yuritishadi.
Manzil: Samarqand sh. A. Temur ko‘chasi, 147-a uy
Telefon: (66) 222-36-46, (66) 222-89-23
E-mail: samarqand@nim.uz
Filial rahbari: Turdiev Azizbek Ibragimovich
Telefon: (91) 536-69-20