Elektr kattaliklarni qiyoslash laboratoriyasi
“Elektr oʻlchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi” zamonaviy, yuqori aniqlikdagi qiyoslash uskunalari bilan taʼminlangan. Laboratoriyada koʻp funksiyali kalibrator, etalon multimetr, elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi, tok va kuchlanish transformatorlar va elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunalari, sinov qurilmalari yordamida ishchi va yuqori aniqlikdagi elektr oʻlchov vositalari ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar, multimetrlar, ommetrlar, barcha turdagi yuqori va past kuchlanishda ishlaydigan tok va kuchlanish transformatorlari, barcha turdagi elektr hisoblagichlarni qiyoslash va metrologik attestatlash imkoniyati mavjud. Bu uskunalar orqali quyidagi metrologik jarayonlar amalga oshirilmoqda:
Elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi DZ-601-12D va DZ-603-12D yordamida bir ish kunida 96 ta 1 va 3 fazali elektr oʻlchash vositalarini qiyoslash imkoniyati mavjud.
Koʻp funksiyali kalibrator FLUKE 5502E va etalon multimetr FLUKE 8508A yordamida bir ish kunida 40 donagacha ampermetrlar, voltmetrlar, vattmetrlar, multimetrlar, ommetrlarni qiyoslash va metrologik attestatlash imkoniyati mavjud.
Elektr hisoblagichlarni qiyoslash uskunasi Neva-Test 3303 yordamida bir ish kunida 24 dona 1 va 3 fazali elektr oʻlchash vositalarini laboratoriyada va joyiga borib qiyoslash imkoniyati mavjud.
Tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash uskunasi Analizator PCT200Ai yordamida bir ish kunida 60 dona tok va kuchlanish transformatorlarini qiyoslash va metrologik attestatlash imkoniyatiga ega.
Laboratoriyada attestatsiyadan oʻtgan malakali davlat qiyoslovchilari – ekspert-auditor va mutaxassislar faoliyat olib bormoqda.
Harorat va issiqlik fizikasiga oid oʻlchashlar laboratoriyasi
Laboratoriya harorat o‘lchash vositalarini Qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya o‘lchash ko‘lami – 30°C dan 350 °C gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Massa birliklarini oʻlchash laboratoriyasi
Laboratoriya massa o‘lchash vositalarini Qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Hozirgi vaqtda namunaviy tibbiyot laboratoriya tarozilarni qiyoslash va kalibrlashdan o`tkazish bo`yicha akkreditatsiya guvohnomasi olish uchun tayyorgarlik ko`rishmoqda.
Maishiy hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli qaroriga asosan “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorini joriy etish maqsadidatashkil etilgan.
Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy suv hisoblagichlarini qiyoslash labaratoriyasi ichimlik va issiq suv maishiy hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish maqsadida modernizatsiya qilingan bo’lib, laboratoriya o‘lchash oralig‘i
0,03 m3/h dan 20 m3/h gacha bo’lgan suv hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega. Laboratoriyada halqaro va davlat standart talablari asosida sifatli va ishonchli qiyoslash ishlari malakali, tajribali va professional mutaxassislar tomonidan Janubiy Koreya davlatdan keltirilgan zamonaviy, aniqligi yuqori bo‘lgan o‘lchash oralig‘i 0,016 dan 25 m3/h gacha bo’lgan tabiiy gaz hisoblagichlarini qiyoslash imkoniyatiga ega.
Geometrik kattaliklarni oʻlchash laboratoriyasi
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriyada metalli o’lchash chizg’ichini (1 dan 1000 mm gacha), ruletkasini (1 dan 10 m gacha), metrshtoklarni (1 dan 3500 mm gacha), shtangensirkullarni (0 dan 600 mm gacha), shtangenglubinomerlarni (0 dan 400 mm gacha) va diafragmalarni (30 mm dan yuqori) qiyoslash o’tkazish jarayonlari amalga oshiriladi.
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Bosim birligini oʻlchash laboratoriyasi
Laboratoriya bosim o‘lchash vositalarini qiyoslashva metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 1 dan 600 kg/cm2 gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.
Fizik-kimyoviy, optik va optik-fizikaviy oʻlchashlar
Laboratoriyafizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslashva metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya o’lchash ko’lami minus 1 dan 19 pH gacha, 315 dan 980 nm gacha, 650dan 1840 kg/m3 gacha.
Laboratoriya fizik-kimyoviy o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalaribilan jihozlangan
Manzil: Bekobod sh. Xotira ko‘chasi, 116 uy
Telefon: (70)-913-32-05
E-mail: bekobod@nim.uz
Filial rahbari: Yuldashev Elyor Yuriyevich
Telefon: (90) 939-91-11