Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

Qashqadaryo filiali

Qashqadaryo filialiali tomonidan Massa, Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash , Elektr va magnit kattaliklarini o‘lchash, Bosim va sarfni o‘lchash va Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklarini o‘lchash  vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash, kalibrlash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish ishlari filial tomonidan amalga oshiriladi.
Qashqadaryo filiali O‘akkreditatsiya markazi tomonidan 06.06.2022 yilda akkreditatsiyadan o‘tgazilgan.
Qashqadaryo filiali suv xoʻjaligi, neft va gaz, energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, issiqlik energetikasi, kimyo, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida metrologik xizmatlar ko‘rsatadi.

Massa o‘lchash vositalarini qiyoalash laboratoriyasi
Massa o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish ishlari laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi. Laboratoriya massasi 1 g dan 500 g gacha bo`lgan F1, F2, M1, massasi 1 mg dan 1 kg gacha bo`lgan F2, M1 va massasi 1 mg dan 5 kg gacha bo`lgan M2, M3 hamda massasi 20 kg M1 aniqlik sinfidagi toshlarni qiyoslash va yuqori o`lchash chegarasi 500 g bo`lgan maxsus, 20 kg bo`lgan yuqori va 200 tn gacha bo`lgan o`rta aniqlik sinfidagi elektron hamda mexanik tarozilarni qiyoslash va metrologik  attestatsiyadan o’tkazish ishlarini amalga oshiradi.

Geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash laboratoriyasi
Geometrik o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish ishlari laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
Laboratoriya geometrik o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Bosim va sarfni o‘lchash bo‘limi
Bosim va sarf o‘lchash vositalarini yagona o‘lchash birliklarini taminlash maqsadida qiyoslash va metrologik attestatsiyadan oʼtkazish ishlari laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.
Differensial va ortiqcha bosim laboratoriyasi bosim kalibratorlar, bosim o‘lchash o‘zgartirgichlari, vakuummetrlar, manometrlar, yukporshenli manometrlar, differensial manometrlarni qiyoslash va metrologik attestasidan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi.
Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 1 dan 60 MРа gacha bo‘lgan yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi. Laboratoriya elektr o‘lchash vositalarini qiyoslash uchun yuqori aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Suv hisoblagichlarni qiyoslash laboratoriyasi
Yuridik va jismoniy shaxslarning maishiy xamda sanoat suv hisoblagichlarini qiyoslash laboratoriyasida ichimlik suv hisoblagichlari qiyoslashdan o‘tkazish ishlari amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash oralig‘i 0,03 dan 8,0 m3/h gacha bo‘lgan ±0,15% aniqlikdagi suv hisoblagichlarini qiyoslash uskunalari bilan jihozlangan.

Harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash laboratoriyasi
Laboratoriyada harorat o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshiradi. Laboratoriya o‘lchash ko‘lami minus 45 dan 150 0C gacha bo‘lgan ±0,04 0C aniqlikdagi namunaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlangan.

Manzil: Qarshi sh. Gulbog‘ ko‘chasi, 6 uy
Telefon: (75) 221 09 44
E-mail: qashqadaryo@nim.uz
Filial rahbari: Amirqulov Ulug‘bek Obiddilaevich
Telefon: (90) 607-80-08