O‘zbekiston milliy metrologiya Institutida o‘lchash vositalarini kalibrlash — aniqlik va sifat kafolati

Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligi hamda mahsulot xavfsizligini ta’minlashda metrologik nazorat muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining nisbiy namlik kattaliklarini o‘lchash laboratoriyasida termogigrometrlar va namlik o‘lchagichlarni kalibrlash ishlari zamonaviy texnologik asosda amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘lchash vositalari tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, qurilish, logistika hamda omborxona tizimlarida mikroiqlim va materiallar namligini […]

Osiyo ayollari ovozi: gender tenglik sari yangi qadam

2026-yil aprel–may oylarida Osiyo davlatlari o‘rtasida gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qilishga bag‘ishlangan 2-Osiyo xotin-qizlari xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Ushbu nufuzli anjuman mintaqada gender siyosati, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha muhim xalqaro muloqot maydoniga aylanishi kutilmoqda. Forumni tashkil etish va […]

Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyati Axborot-kutubxona markazida “Standartlar – sifat va ishonch kafolati” mavzusida yoshlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Tadbirning asosiy maqsadi metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati tizimlarining ahamiyatini yoshlar orasida targ‘ib qilish hamda ularning ushbu sohaga qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax filiali mutaxassisi S.Ikromova va O‘zbekiston Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi Jizzax filiali mutaxassisi J.Aliqulov so‘zga chiqib, standartlarning sifatni ta’minlashdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, 16-sonli umumta’lim […]

Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida davra suhbati bo’lib o’tdi

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mezbonligida Germaniya Federal Fizika-Texnika Instituti (PTB) vakillari, respublika metrologiya xizmatlari va yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida “Milliy sifat infratuzilmasini isloh qilishdagi metrologiyaning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, metrologik laboratoriyalarni akkreditatsiyalash va avtorizatsiyalash masalalari, shuningdek xalqaro kalibrlash va verifikatsiya tizimi yuzasidan ma’ruza va savol-javoblar o‘tkazildi. […]

Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. Jumanazarov hamda Von Do Yong o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Elchi Von Do Yong O‘zbekiston bilan hamkorlik jadal rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi. Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, grantlar va […]

Malakani tekshirish dasturlarida ishtirok etish uchun taklif

O‘zMMI provayderi kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha laboratoriyalararo solishtirishlar orqali malakani tekshirish dasturlarida ishtirok etishga taklif etadi: • PT-1-2016 (V/S) — F2 sinfidagi toshlar • PT-2-2016 (V/S) — Laboratoriya tarozilari • PT-6-2016 (V/S) — Ko‘rsatuvchi manometrlar • PT-11-2021 (V/S) — O‘zgaruvchan tok voltmetrlari Laboratoriyalararo solishtirishlar orqali malakani tekshirish laboratoriya kompetentligini tasdiqlash va akkreditatsiya […]

Ilmiy ishlanmalarni sanoatga joriy etish va tijoratlashtirish ishlari jadallashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15 avgustdagi 26/1-709-sonli topshirig‘iga muvofiq, tajriba va ilmiy tadqiqotlar asosida yaratilgan ishlanmalarni sanoatga keng joriy etish, ularni tijoratlashtirish, shuningdek etalonlar hamda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini yaratish va mahalliylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar haqida agentlikning 2026-yil […]

O‘zbekiston va Germaniya: Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yangi qadamlar

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida Germaniya Federal fizika-texnika instituti (RTV) vakillari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlar kengashining 9-yig‘ilishi doirasida imzolangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Xususan, qiymati 1,5 million dollar bo‘lgan “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun milliy sifat infratuzilmasini isloh qilish va xizmatlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Muzokaralar […]

Metrologiya sohasida ilmiy salohiyat mustahkamlanmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi. Mamlakatimizda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash, xususan, o‘lchashlar yagonaligini taʼminlash sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tasarrufidagi Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutida 2026-yil II choragi uchun qabul jarayonlari tashkil etildi. Xususan, 05.03.02 — “Metrologiya va […]

O‘zbekiston milliy metrologiya institutida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.

Musaffo ob-havodan unumli foydalangan holda institut jamoasi birlashib, hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va sog‘lom atrof-muhit yaratishga o‘z hissasini qo‘shdi. Tadbir davomida mevali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlar yanada kengaytirildi. Mazkur tashabbus nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlod uchun ham sog‘lom va obod muhit yaratishga xizmat qiladi. Chunki tabiatga bo‘lgan e’tibor — yurt ravnaqi va […]