Aniq vaqt

Hamkorlik loyihalarida innovatsion yechimlarni joriy etish

🤝 O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (http://turin.uz/) vakillari bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

🔬 Uchrashuv davomida zamonaviy o‘lchash vositalarining dizayni va funksional imkoniyatlarini takomillashtirish, ularning ergonomik xususiyatlari, ishonchliligi va aniqligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha jarayonlariga innovatsion yechimlarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan o‘lchash texnikasini ishlab chiqishda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash tajribalari bilan o‘rtoqlashildi.

 

💻Muloqot chog‘ida muhandislik sohasida duall ta’lim tizimini rivojlantirish masalasi ham ko‘tarildi. Ushbu yondashuv talabalarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, real loyihalarda ishtirok etish orqali kasbiy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish imkonini beradi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil