Aniq vaqt

Ilk marotaba xalqaro yozgi maktabda O‘zMMI xodimi ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi

🌀 Xalqaro o‘lchovlar va tarozilar byurosi (BIPM) (https://www.bipm.org/en/) tomonidan tashkil etilgan BIPM UTC Summer Schoolda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu yozgi maktabda

🧭 Muvofiqlashtirilgan universal vaqt (UTC) va milliy vaqt shkalasi UTC(k)ni hosil qilish, saqlash hamda uzatish, Vaqt va chastota sohasida raqamlashtirish, GNSS qab

ul qilgichlar yordamida solishtirishlarni tashkil etish hamda birlamchi etalonlarni stabilligi va aniqligini tahlil qilish va nazorat qilish yuzasidan nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalar olindi.

🌀 Shu bilan birga, ilk marotaba bunday xalqaro yozgi maktabda O‘zMMI xodimi ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, ishtirokchilarga “UTC(k)ni hosil qilish va uzatish” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

⚙️ Shuningdek, O‘zMMI xodimlari Vaqt va chastota maslahat qo‘mitasi (CCTF) yig‘ilishida ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida vaqt birligi sekundni yangi ta’rifi, UTC real vaqtdagi nazorati, tekshirish va ma’lumotlarni taqdim etishni avtomatlashtirish yuzasidan muhokamalar olib borildi. BIPM vaqt bo‘limi va CCTF ishchi guruhlari hisobotlari tinglanib, kelgusi faoliyatlar yuzasidan takliflar tahlil qilindi.
✅ Ma’lumot uchun: O‘zMMI xodimlarining seminarda ishtiroki BIPM CBKT (Capacity Building and Knowledge Transfer) (https://www.bipm.org/fr/committees/cb/cbkt) koʻmagida tashkil etildi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil