Aniq vaqt

O‘zbekiston–Slovakiya–Chexiya: Metrologiya va innovatsiyada yangi istiqbollar

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Chexiya va Slovakiya davlatlari hamkorligida tashkil etilgan yangi laboratoriyalar ochilish marosimi doirasida Chexiya Respublikasi elchisi Lyubomir Frebort va Slovakiya elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashdi.

✅ Muzokaralar doirasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida faol rivojlantirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.

✅ Chexiya va Slovakiya davlatlari bilan hamkorlik yangi sur’atlarda rivojlanib borayotgani, yuqori va mutaxassislar darajasidagi muntazam almashinuvlar amalga oshirilayotgani, tovar ayirboshlash hajmi va investitsiyaviy loyihalar soni o‘sayotgani, hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi doirasida sohaga oid muhim hujjatlar imzolanganini qayd etildi.

✅ Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) bilan bosim bo‘yicha kvant laboratoriyasi va Slovakiya Milliy metrologiya instituti (SMU) bilan harorat bo‘yicha kvant laboratoriyasini tashkil etish, Yevropaning TAIEX va TWINNING grant dasturlari orqali mutaxassislarning kasbiy malakalari, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.

✅ Uchrashuv doirasida Chexiya va Slovakiya davlatlari metrologiya sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikkita muhim hujjat imzolandi.

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Slovakiya metrologiya instituti (SMU) va Chexiya metrologiya instituti (CMI) hamkorligida yangi laboratoriyalar faoliyatiga start berildi.

✅ Yangi tashkil etilgan Kimyo laboratoriyasida Slovakiya metrologiya instituti (SMU) bilan “Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pH ko‘rsatkichi” bo‘yicha birlamchi va ikkilamchi etalonlar hamda “Suvli eritmalardagi ionlari faolligining nitrat (pX) ko‘rsatkichi” va Chexiya metrologiya instituti (CMI) “Suyuqliklarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi birligi” birlamchi etaloni yordamida tegishli sinovlar amalga oshiriladi.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil