
🌎 2025-yil 11-aprelda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (http://nim.uz/) va Xitoy milliy metrologiya instituti (NIM) (https://english.nim.ac.cn/)o‘rtasida imzolangan memorandumga asosan 8-19-sentabr kunlari NIM laboratoriyalarida o‘quv-treninglar o‘tkazish rejalashtirilgan. O‘zMMI mutaxassislari ushbu o‘quv treningida faol ishtirok etmoqda.
⚡️ Mazkur trening doirasida ishtirokchilar massa, audiometriya, qattiqlik, gaz metrologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha keng texnik imkoniyatli, ilg‘or laboratoriyalarda malaka oshirmoqda.

✅Shuningdek, malaka oshirish O‘zMMI mutaxassislarining mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirish, xalqaro tajriba almashish va ushbu sohalarda O‘zMMI laboratoriyalarini rivojlantirishga sabab bo‘ladi.