![]() |
![]() |
🤝2025-yilning 9-10-sentyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasida metrologiya sohasida muhim xalqaro tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida Yevro-Osiyo davlat metrologiya muassasalarining hamkorligi (COOMET) Prezidenti Kengashining yig‘ilishi, Ozarbayjon metrologiya institutida (AzMİ) yangi etalon laboratoriyalarining ochilishi hamda AzMİ va Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi Milliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) bilan ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.
✅ COOMET Prezidenti Kengashining yig‘ilishi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida COOMET Prezidenti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo davlatlari milliy metrologiya institutlari rahbarlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi. Yig‘ilishda COOMET doirasidagi o‘zaro hamkorlik, xalqaro taqqoslashlarni o‘tkazish, metrologiya sohasida innovatsiyalarni joriy etish va yosh kadrlar salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
![]() |
![]() |
✅COOMET Prezidenti, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti direktori Lazizbek Saidoripov o‘z nutqida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va metrologiya sohasiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladi.
✅AzMIda yangi laboratoriyalarning ochilishi
Yig‘ilish doirasida Ozarbayjon metrologiya institutida 7 ta yangi etalon laboratoriyasi foydalanishga topshirildi. Yangi ochilgan laboratoriyalar fotometriya, to‘lqin uzunligi, chiziqli burchak, qattiqlik, kuch, elektromagnit ifloslanish va namlik kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
🔵Ochilgan laboratoriyalar mamlakatda o‘lchovlar aniqligini ta’minlash, xalqaro standartlarga muvofiq sifat infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat korxonalari va ilmiy tadqiqotlar uchun zamonaviy metrologiya bazasini yaratish uchun muhim ahamiyatga ega.
![]() |
![]() |
🟢Tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inhisarga qarshi kurashish va iste’mol bozorini nazorat qilish davlat agentligi raisi Elnur Bag‘irov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti ma’muriyati sektor mudiri Vusal Shixaliyev, Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi raisi professor Orxan Aydin, Milliy Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Isa Habibbeyli va boshqa nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.
✅AzMI va TÜBİTAK UME bilan ikki tomonlama uchrashuvlar
Tashrif doirasida Ozarbayjon Metrologiya Instituti (AzMİ) va Turkiya Ilmiy-texnik tadqiqotlar kengashi milliy metrologiya instituti (TÜBİTAK UME) bilan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda yangi laboratoriyalar tashkil etish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, xalqaro taqqoslashlar va kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
✅Tomonlar qo‘shma loyihalarning joriy holatini va keyingi amalga oshirish rejalashtirilgan yo‘nalishlarni kelishib oldilar. Xususan, yaqin yillarda yana 8 ta yangi laboratoriya qurilishi va mavjud 7 ta laboratoriyani takomillashtirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
![]() |
![]() |







