Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zMMI rahbariyati hamda ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

📇 Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun qurilma namunasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi bo‘yicha shu kungacha bajarilgan ishlar sarhisob qilindi.

⏺Uchrashuvda loyiha kalendar rejasiga muvofiq amalga oshirilgan va oshiriladigan ishlar tahlil qilindi hamda loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf qilish masalalari ko‘tarildi.

⏺Shuningdek, uchrashuv davomida L.F. Saidoripov tomonidan loyiha ishtirokchilariga yaratilayotgan qurilma namunasini ishlash jarayonini yanada takomillashtirish, innovatsion yechimlarni qilish hamda aniqlik darajasini yanada oshirish mazmunida maslahatlar berildi.

⏺Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 15-avgustdagi topshirig‘ida belgilangan vazifalar ilmiy yechimiga qaratilgan Ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturi doirasida bajariladigan amaliy tadqiqot loyihalari tanloviga maqsadli loyiha sifatida topshirilgan va g‘olib bo‘lgan.

Yangi maqolalar

Korruptsiyaga qarshi kurash

Biz korruptsiyaga qarshimiz

Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti direktorining korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha murojaati
Batafsil