Kvant laboratoriyalar va ilmiy loyihalar muhokama qilindi

✅ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligida Dallasdagi Texas universitetining Nanotexnologiyalar instituti direktor o‘rinbosari, fizika-matematika fanlari doktori, Amerika olim-materialshunosi, Amerika Fizika Jamiyati a’zosi Anvar Zaxidov ishtirokida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi ✅ Seminar doirasida professor A. Zaxidov O‘zbekiston Milliy metrologiya institutida amalga oshirilayotgan dolzarb ilmiy-amaliy ishlar, shuningdek zamonaviy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan […]
Mutaxassislarimiz oʻ z ma’ruzalari bilan qatnashdilar

⚡️ “Oʻzsuvta’minot” AJ (https://uzsuv.uz/uz) tomonidan xududiy suv ta’minoti korxanalarining ichimlik va oqova suv hisobini yuritish va sotish tizimida abonentlar bilan ishlash hamda metrologiya va standartlashtirish yo‘nalishi mutaxasislarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/)mutaxassislari ichimlik va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy va metrologik masalalar to‘g‘risidagi ma’ruzalari bilan […]
Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot yuzasidan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi

✅ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (https://nim.uz/) Qoraqalpog‘iston filialida institut ma’sullari hamda Berdax nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti (https://karsu.uz/uz) va Navoiy Davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti (https://nkski.uz/institut-haqida/) mas’ullari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ✅ Muloqot jarayonida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, xalqaro standartlarga moslashtirish, kadrlar tayyorlash va […]
Navigatsiya va geodeziya o‘lchash vositalari “Kenglik Bazis etaloni” poligonida metrologik tekshiruvini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

⚡️ Metrologiya sohasida respublikamizdagi navigatsiya va geodeziya o‘lchash vositalardan olingan qiymatlar yuqori aniqligi va ishonchligi hamda o‘lchashlar bir xil bo‘lgan standartlarga muvofiqligini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. ⚡️ O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va Respublika Aerogeodeziya markazining hamkorlikda ko‘p yillik Bitimiga muvofiq uzunligi 3 km maydonga ega bo‘lgan 2-razryadli “Ohangaron kenglik bazis etaloni” faoliyat yuritishini boshladi. […]
O‘zMMI va NIM o‘rtasida xamkorlikdagi Anglashuv Memorandumi va metrologiya sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi

🇺🇿 🇨🇳 11 aprel kuni Xitoyning SAMR (State Administration for Market Regulation – Bozorni tartibga solish Davlat boshqarmasi)ga (https://en.nim.ac.cn/) tashrif amalga oshirilib, O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/) va Xitoy Milliy Metrologiya Instituti (NIM) (https://en.nim.ac.cn/) o‘rtasida Hamkorlikdagi anglashuv memorandumi va metrologiya sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha HARAKATLAR RЕJASI imzolandi. ✅ Mazkur kelishuv ikki davlat […]
Talabalarga dinamometrik kalitlarni kalibrlash jarayonini batafsil ko’rsatib berildi

⭐️ O’zbekiston milliy metrologiya institutining «Burovchi moment kattaliklarini o’lchash» laboratoriyasida «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining bir guruh talabalari amaliy darsda bo’lishdi. Talabalar zamonaviy texnologiyalar asosida xalqaro andozalarga muvofiq jihozlangan ushbu laboratoriyada o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash jarayoni va mutaxassislar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. «Burovchi moment kattaliklarini o’lchash» laboratoriyasi etalon […]
Olimlar bilan muloqot

✅ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov bir guruh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilari, soha olimlari qatnashdilar. 📰 Uchrashuv Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD Akmal Jumanazarovning “Aniqlik va strategiya: Amir Temur davrida o‘lchashlarning […]
Kalibrlash ishlari amalga oshirilmoqda

O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Massa va kichik hajm laboratoriyasida ISO 8655 xalqaro standartiga muvofiq mikropipetkalarni kalibrlash ishlari amalga oshirilmoqda. Kalibrlash 1 dan 10000 µl gacha intervalda o‘lchashlarning yuqori aniqligini taʼminlaydigan yuqori aniqlikdagi analitik tarozilarda bajarilmoqda.
Sanoatda innovatsion metrologik ta’minot istiqbollari va uning dolzarb ilmiy-amaliy muammolari

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi tashabbusi bilan “Sanoatda innovatsion metrologik ta’minot istiqbollari va uning dolzarb ilmiy-amaliy muammolari” mavzusida III xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda. ✅ Mazkur anjumanda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ham so‘zga chiqib, texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan […]
Ijtimoiy soha obyektlari holati o‘rganildi, “mahalla bog‘lari” yaratildi

O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori A.Jumanazarov boshchiligida agentlikning ishchi guruhi tomonidan G‘allaorol tumanida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi. ✅ Tumandagi mahallalarda infratuzilmani yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, tuman hududidagi 35 ta mahallalarda […]