![]() |
![]() |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida “Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” kafedrasi tashabbusi bilan “Sanoatda innovatsion metrologik ta’minot istiqbollari va uning dolzarb ilmiy-amaliy muammolari” mavzusida III xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Mazkur anjumanda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov ham so‘zga chiqib, texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, rivojlanish bosqichlari hamda universitet bilan yaqin hamkorlik to‘g‘risida to‘xtaldi.
![]() |
![]() |
✅ Shuningdek mazkur anjuman Metrologiya, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish ilmi va ta’limi fidoyisi, texnika fanlari doktori, professor marhum Patxulla Ismatullayev xotirasiga bag‘ishlandi.
✅ So‘zga chiqqanlar vatanparvar olim Patxulla Raxmatovich xotirasini yod etib, mamlakatimiz oliy ta’limi va uning negizida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va rivojlantirishga qo‘shgan hissasini hamda mehnat qilgan jabhalarini fahr bilan gapirdilar.



