Aniq vaqt

Ishonch telefoni : +998 (78)150 26 03

O‘zMMI va NIM o‘rtasida xamkorlikdagi Anglashuv Memorandumi va metrologiya sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasi imzolandi

🇺🇿 🇨🇳 11 aprel kuni Xitoyning SAMR (State Administration for Market Regulation – Bozorni tartibga solish Davlat boshqarmasi)ga (https://en.nim.ac.cn/) tashrif amalga oshirilib, O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti (O‘zMMI) (https://nim.uz/) va Xitoy Milliy Metrologiya Instituti (NIM) (https://en.nim.ac.cn/) o‘rtasida Hamkorlikdagi anglashuv memorandumi va metrologiya sohasidagi ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha HARAKATLAR RЕJASI imzolandi.

✅ Mazkur kelishuv ikki davlat institutlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, hamkorlikda Kvant metrologiya sohasida ishlarni amalga oshirish, elektromobil quvvatlash stansiyalarini metrologik tekshiruv laboratoriyasini yaratish hamda mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator maqsadlarga xizmat qiladi.

✅ Shuningdek, mazkur uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari Xitoy Milliy metrologiya institutiga qarashli Chanpin kampusiga ham borildi.

✅ Xitoy milliy metrologiya institut rahbariyati va filial hamda laboratoriya boshliqlari ham ishtirok etgan mazkur uchrashuvda O‘zMMI tomonidan Global sifat infratuzilmasida egallab turgan pog‘onalarni yahshilash, shuningdek, O‘zbekistonda Kvant metrologiya markazini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida taqdimot qilindi.

✅ Shuningdek, uchrashuv jarayonida lazer uskunalari, vaqt va chastota, Chip asosidagi kvant metrologiya va boshqa kvant metrologiya laboratoriyalari bilan tanishildi hamda institutlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokamasi o‘tkazilib, qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan,

⚙️ O‘zMMIning kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari to‘g‘risidagi yozuvlarni (SMS-qator) kengaytirish maqsadida hamkorlikda asosiy va qo‘shimcha solishtirish loyihalarida ishtirok etish;

⚙️ 2025 yil oxiriga qadar qo‘shimcha 22 ta etalonlarni birligini yaratish maqsadida xitoylik mutaxassislarni jalb etish;

⚙️ Xitoy Milliy metrologiya institutida porshen manometrlarini kalibrovka qilish bo‘yicha texnik o‘qishni tashkil etish;

⚙️ Joriy yil yakuniga qadar O‘zMMIning 9 nafar mutaxassislarini o‘lchash yo‘nalishlari bo‘yicha Xitoyda malakasini oshirish;

#UzNIM #cooperation #NIM_China